Somalining O'zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o'tdi
Noyabr 27, 2025. 11:52 • 28 soniya
• 289
TOSHKENT, 27-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Somalining mamlakatimizdagi birinchi elchisi Fatxudin Ali Mohamedni qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Somali Federativ Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi birinchi elchisi Fatxudin Ali Mohamed janoblarining ishonch yorliqlarini qabul qildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Mamlakatlarimiz o'rtasidagi ko'plab istiqbolli yo'nalishlarda o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga sodiqligimizni bildirdik.
Elchining muhim diplomatik missiyasida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz hamda samarali va natijaga yo'naltirilgan hamkorlikni birgalikda rivojlantiramiz".
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi