Logo

O'zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi o'zining diplomatik missiyasini yakunlamoqda

Oktabr 12, 2023. 21:23 • 55 soniya

3176
O'zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi o'zining diplomatik missiyasini yakunlamoqda

ONDON, 13-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Said Rustamov kecha Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirining o'rinbosari lord Tariq Ahmad bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuvda O'zbekiston–Britaniya hamkorligining kun tartibi va uni yana-da kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.


Tariq Ahmad so'nggi yillarda sezilarli darajada faollashgan va yangi mazmun bilan to'ldirilayotgan ikki tomonlama muloqotning izchil sur'atini yuqori baholadi. Xususan, yuqori darajadagi o'zaro tashriflar soni ortib borayotgani, yaqin siyosiy va parlamentlararo muloqotlar, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalar chuqurlashib borayotgani qayd etildi. Britaniya tomoni O'zbekistonda izchillik bilan olib borilayotgan islohotlar va keng ko'lamli modernizatsiya, uning pragmatik va mas'uliyatli tashqi siyosatini olqishladi hamda mamlakatimiz bilan ko'p qirrali amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish tarafdori ekanini bildirdi.


TIV rahbari o'rinbosari Buyuk Britaniyadagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Said Rustamovga ikki davlat va xalqlar o'rtasidagi ochiq, konstruktiv va do'stona munosabatlarni rivojlantirishga qo'shgan samarali va ijodiy hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.


Eslatib o'tamiz, Said Rustamov 2019-yilning oktyabr oyida Buyuk Britaniyadagi elchi lavozimiga kirishgan edi. Bungacha u Isroildagi elchixonani boshqargan, TIVning qator boshqarmalariga rahbarlik qilgan, AQSHdagi elchi o'rinbosari, vazir yordamchisi vazifalarida ham ishlagan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish