O'zbekistonlik bir guruh professor-o'qituvchilar Malayziyada malaka oshirdi
Oktabr 24, 2025. 11:09 • 48 soniya
• 123
KUALA-LUMPUR, 24-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston hududlaridagi pedagogik mahorat markazlarining bir guruh professor-o'qituvchilari 18-24-oktabr kunlari Kuala-Lumpur shahrida innovatsion ta'lim uslublariga bag'ishlangan maxsus malaka oshirish kurslarida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur kurs O'zbekiston Prezidentining 2025-yil fevral oyida Malayziyaga amalga oshirgan oliy darajadagi tashriflari doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosi doirasida tashkil etildi.
Yetti kun davom etgan o'quvlarda Buxoro, Namangan, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlaridagi pedagogik mahorat markazlaridan jami 25 nafar vakil qatnashdi.
Ishtirokchilar uchun Malayziyaning yetakchi ekspertlari o'qitish strategiyasi, innovatsion o'qitish uslubiyoti, ta'limda liderlik xususiyatlari, tinglovchilarda ta'lim sifati samaradorligini ta'minlash, ta'limda zamonaviy raqamli texnologiyalardan unumli foydalanish kabi mavzularda ma'ruzalar o'qidi.
Malayziyalik ekspertlar O'zbekistonda mavjud o'qitish usullarini yuqori baholab, bu borada respublikamiz hududlaridagi mahorat markazlari bilan tajriba almashish va o'zaro hamkorlikka tayyor ekanliklarini ta'kidladilar.
Kurs doirasida tomonlar kelajakda O'zbekistonning tegishli viloyatlaridagi maktab o'qituvchilari uchun ham xuddi shunday innovatsion o'qitish usullari bo'yicha malaka oshirish kurslarini tashkil etishga kelishib oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Berlinda "O'zbekiston-Germaniya universitetlari birinchi forumi" o'tkazildi
O'zDJTU delegatsiyasi Agradagi universitetga tashrif buyurdi
Farg'ona viloyati maktab o'qituvchilari Yaponiya ta'lim tajribasini o'rgandi