"El-yurt umidi" jamg'armasi Buyuk Britaniya universitetlari bilan hamkorlikni kengaytiradi
Oktabr 17, 2025. 10:43 • 36 soniya
• 245
LONDON, 17-oktyabr /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 12-17-oktyabr kunlari "El-yurt umidi" jamg'armasi ijrochi direktori Gulnoza Ismailova boshchiligidagi delegatsiya amaliy safar bilan Buyuk Britaniyada bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif Britaniyaning yetakchi oliy ta'lim muassasalari rahbariyati bilan muzokaralar o'tkazish, jamg'arma stipendiatlarining ta'lim olish jarayonlari bilan tanishish, shuningdek ilmiy muassasalar bilan ikki tomonlama qo'shma ta'lim dasturlarini yo'lga qo'yish maqsadida tashkil etildi.
Delegatsiya a'zolari "Universities UK International", Londondagi "Queen Mary", Kembridj universiteti, Uorvik universiteti va "University College London" rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
Buyuk Britaniya universitetlarida tahsil olayotgan "El-yurt umidi" jamg'armasi stipendiatlari bilan uchrashuvda ularning ta'lim olish jarayonlari va yashash sharoitlari xususida fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Berlinda "O'zbekiston-Germaniya universitetlari birinchi forumi" o'tkazildi
O'zDJTU delegatsiyasi Agradagi universitetga tashrif buyurdi
Farg'ona viloyati maktab o'qituvchilari Yaponiya ta'lim tajribasini o'rgandi