Logo

Xitoy tomoni O'zbekistonda Yangi energiya transport vositalarini sinovdan o'tkazish va sertifikatlash innovatsion o'quv markazini tashkil etmoqchi

May 07, 2025. 07:18 • 48 soniya

233
Xitoy tomoni O'zbekistonda Yangi energiya transport vositalarini sinovdan o'tkazish va sertifikatlash innovatsion o'quv markazini tashkil etmoqchi

GUANCHJOU, 7-may. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimizning Guanchjou shahridagi Bosh konsulxonasi ko'magida Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU) va Guandun sanoat va savdo instituti rahbariyati o'rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida ikki oliy ta'lim muassasasi o'rtasidagi akademik aloqalarni yanada rivojlantirish, qo'shma loyihalarni joriy etish va qo'shma ta'lim dasturlarini amalga oshirish istiqbollari xususida fikr almashildi.

Tomonlar Xitoyning avtomobilsozlikka ixtisoslashgan yetakchi "GAC" kompaniyasi bilan birgalikda Toshkent davlat texnika universiteti huzurida Yangi energiya transport vositalarini sinovdan o'tkazish va sertifikatlash innovatsion o'quv markazini tashkil etish, 3+1 formatidagi ta'lim dasturini yo'lga qo'yish hamda oliy ta'lim muassasalari o'rtasida diplomlarni o'zaro tan olish mexanizmini ishlab chiqish yuzasidan kelishib oldilar.

Muloqot yakunida mazkur loyihalarni amalga oshirish mexanizmlarini O'zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari vakillari bilan kelishish maqsadida Xitoy tomonining joriy yil iyun oyida yurtimizga safarini tashkil etish taklifi qo'llab-quvvatlandi.  

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish