Logo

O'zbekiston diplomatlari Polshaning yetakchi universiteti rektori bilan muzokara olib bordilar

May 24, 2024. 07:22 • 30 soniya

521
O'zbekiston diplomatlari Polshaning yetakchi universiteti rektori bilan muzokara olib bordilar

VARSHAVA, 24-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi xodimlari Varshava Iqtisodiyot va gumanitar fanlar universiteti rektori Konrad Yanovskiy bilan uchrashdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.



Muloqot chog'ida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, qo'shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini birgalikda o'tkazish masalalari muhokama qilindi.

Universitetda tahsil olayotgan vatandoshlar bilan bog'liq vaziyatga alohida to'xtalib o'tildi. Diplomatik vakolatxona tomonidan mazkur universitetda tahsil olayotgan vatandoshlar bilan yaqin muloqot yo'lga qo'yilgani ta’kidlandi.

Tomonlar o'zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va tadbirlarni birgalikda tashkil etish to'g'risida kelishib oldilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish