Sibir poytaxti umumta'lim maktablari rahbarlari delegatsiyasi O'zbekistonga keldi
Oktabr 08, 2025. 09:28 • 40 soniya
• 371
NOVOSIBIRSK, 8-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi va Novosibirskdagi Ta'lim tashkilotlari xalqaro assotsiatsiyasi hamkorligida Sibir poytaxti umumta'lim maktablari rahbarlari delegatsiyasining O'zbekistonga amaliy safarini tashkil qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Eslatib o'tamiz, Xalqaro ta'lim tashkilotlari assotsiatsiyasi Novosibirskdagi ta'lim muassasalari va xorijiy davlatlar o'rtasida xalqaro ta'lim sohasida faoliyat yuritadi. Novosibirskdagi 30 ta maktab mazkur tashkilot a'zosi bo'lib, assotsiatsiya ta'lim, ma'rifat, fan, madaniyat va ta'lim sohalarida, jumladan, O'zbekiston bilan ham qo'shma loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgan.
E'tiborlisi, O'zbekiston ayni paytda mintaqadagi Xalqaro ta'lim tashkilotlari assotsiatsiyasi to'laqonli biznes hamkor sifatida tanlagan yagona davlatdir.
O'zbekistonga safar dasturidan mamlakatimizning maktab va kasb-hunar ta'limi sohasidagi tajribasi bilan tanishish, Toshkent shahri va Toshkent viloyati maktab direktorlari bilan uchrashuvlar o'tkazish, shuningdek, Samarqandning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilish o'rin olgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Berlinda "O'zbekiston-Germaniya universitetlari birinchi forumi" o'tkazildi
O'zDJTU delegatsiyasi Agradagi universitetga tashrif buyurdi
Farg'ona viloyati maktab o'qituvchilari Yaponiya ta'lim tajribasini o'rgandi