Logo

O'zbekistonning o'ziga xos milliy taomlari Stokgolmda bo'lib o'tgan ko'rgazmada e'tirof etildi

Iyun 15, 2025. 07:58 • 30 soniya

70
O'zbekistonning o'ziga xos milliy taomlari Stokgolmda bo'lib o'tgan ko'rgazmada e'tirof etildi

STOKGOLM, 15-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning gastronomik turizmi salohiyati Stokgolm diplomatlar assotsiatsiyasi tomonidan o'tkazilgan "Food and Beer" milliy taom va ichimliklar ko'rgazma-festivalida taqdim etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Festivalda, shuningdek, Stokgolm shahrida joylashgan boqa diplomatik vakolatxonalar o'z stendlari va mahsulotlari bilan ishtirok etdi.

O'zbekiston elchixonasi tomonidan tashkil etilgan milliy stendda, mamlakatimizning boy gastronomik turizm salohiyati keng targ'ib qilindi. Festival mehmonlari O'zbekiston milliy taomlari ta'mini yuqori baholadilar.

Shuningdek, tadbir davomida qator shved biznes vakillari bilan O'zbekiston mahsulotlarining Shvetsiyaga eksportini yo'lga qo'yish bo'yicha muzokaralar o'tkazildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish