Logo

O'zbekiston va Polsha ommaviy axborot vositalari o'rtasida ijodiy hamkorlik yo'lga qo'yiladi

Iyul 19, 2025. 10:28 • 58 soniya

159
O'zbekiston va Polsha ommaviy axborot vositalari o'rtasida ijodiy hamkorlik yo'lga qo'yiladi

VARSHAVA, 19-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Amirsaid A'zamxo'jayev Polsha matbuot agentligi direktori Marek Blonski bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida O'zbekiston va Polsha ommaviy axborot vositalari o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish, ikki mamlakat OAV xolis materiallarni e'lon qilishni qo'llab-quvvatlash, delegatsiyalar almashinuvini yo'lga qo'yish, jurnalistlar malakasini oshirish bo'yicha seminarlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, O'zbekiston Milliy axborot agentligi (O'zA) va Polsha matbuot agentligi o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish imkoniyatlari ko'rib chiqildi.


Xorij tomoni joriy yil kuz faslida O'zbekistonga tashrifni tashkil etishga tayyorligini ma'lum qildi. Shu bilan birga, O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan axborot, media kontent almashish hamda jurnalistlar malakasini oshirish bo'yicha kurslar tashkil etish yo'nalishlarida aloqalarni yo'lga qo'yishga tayyorlik bildirildi.


Tomonlar Polsha jamoatchiligini O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlarning samarali natijalari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tahliliy materiallar tayyorlash va e'lon qilish to'g'risida kelishuvga erishdilar.


Bundan tashqari, Polsha matbuot agentligi direktori Marek Blonski joriy yil oktyabr-noyabr oylarida Samarqand shahrida o'tkazilishi rejalashtirilayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi ishini yoritishga mamlakatning yetakchi ommaviy axborot vositalarida keng targ'ib qilish maqsadida polyak jurnalistlari guruhining O'zbekistonga safari tashkil etilishini tasdiqladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish