Xalqaro qidiruvda bo'lgan shaxs Misrdan O'zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Fevral 17, 2025. 12:40 • 45 soniya

826
Xalqaro qidiruvda bo'lgan shaxs Misrdan O'zbekistonga ekstraditsiya qilindi

QOHIRA, 17-fevral. /"Dunyo" AA/. Xalqaro qidiruvda bo'lgan shaxs Misrdan O'zbekistonga ekstraditsiya qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Interpolning O'zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan o'g'irlik va katta miqdorda tovlamachilik jinoyatlarini sodir etganlik uchun xalqaro qidiruvga berilgan O'zbekiston fuqarosi T.X.M. Misrda ekanligi ma'lum bo'ldi.

Qayd etilishicha, ushbu shaxs Misr hududida bir muddat talabalik maqomida yashirinib yurgan. Joriy yil yanvar oyida Interpolning Qohira shahridagi ofisi va Misr huquqni muhofaza qilish idoralari bilan birgalikda o'tkazilgan tezkor tadbir davomida qo'lga olingan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish

So‘nggi yangiliklar

Pokistonda O‘zbekiston turizm kunlari o‘tkaziladi
O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiAvgust 27, 2026. 10:30
Pokistonda O‘zbekiston turizm kunlari o‘tkaziladi
YUNESKOda O‘zbekistonning madaniy meros bo‘yicha tashabbuslari muhokama qilindi
O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalaridaAvgust 27, 2026. 09:35
YUNESKOda O‘zbekistonning madaniy meros bo‘yicha tashabbuslari muhokama qilindi
Taro Aso: Yaponiya–O‘zbekiston munosabatlari tobora strategik ahamiyat kasb etib bormoqda
O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiAvgust 27, 2026. 08:10

Barchasi