Logo

O'zbekistonda imkoniyati cheklangan yoshlar o'rtasida kasbiy mahorat bo'yicha ko'rik-tanlov tashkil etildi

Aprel 23, 2025. 11:20 • 2 daq

746
O'zbekistonda imkoniyati cheklangan yoshlar o'rtasida kasbiy mahorat bo'yicha ko'rik-tanlov tashkil etildi

TOSHKENT, 23-aprel. /"Dunyo" AA/. 21-apreldan 2-mayga qadar O'zbekistonda "Imkoniyatlar olimpiadasi" ko'rik-tanlovi bo'lib o'tmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

zbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma'lumotiga ko'ra, unda 14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan, jismoniy imkoniyatlaridan qat'iy nazar barcha ishtirokchilar o'z kasbiy mahoratlarini namoyish etmoqda.


Mazkur ko'rik-tanlov mamlakatimizda ushbu formatdagi birinchi milliy musobaqadir.


Loyiha Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Xalqaro inklyuziv xab, O'zbekiston Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida tashkil etilmoqda.


Tanlov 10 ta, jumladan kashta tikish, kulolchilik san'ati, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish ishi, mobilografiya, rasm chizish, quruq qurilish ishlari, duradgorlik ishlari, tokarlik ishi, fotosuratga tushirish professional yo'nalishlarini qamrab olgan.


Musobaqa doirasida 250 nafar ishtirokchi ochiq test sinovlarida o'z imkoniyatlarini namoyish etmoqda. Tanlov finali 1-2-may kunlari "O'zekspomarkaz"da "Inson uchun" respublika savdo yarmarkasi doirasida bo'lib o'tadi. Tanlov uchun "O'zekspomarkaz"ning 5-ko'rgazma pavilyoni maxsus tarzda, tanlov talablari asosida to'liq jihozlandi. Ishtirokchilar uchun qulay va professional sharoitlar yaratildi.


"Imkoniyatlar olimpiadasi" shunchaki ko'rik tanlov emas. Bu inklyuziya – istisno emas, balki norma bo'lgan kelajakka qo'yilgan qadamdir. Ushbu tanlov, sog'likdagi cheklangan imkoniyatlar va nogironlik – bilim olish, martabaga erishish, ijodiy rivojlanish va to'laqonli hayot kechirishga to'sqinlik qilmasligi kerakligi haqida yana bir eslatmadir.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish