"Mo'g'uliston – O'zbekiston" parlamentlararo do'stlik guruhi a'zolarining onlayn uchrashuvi bo'lib o'tdi
Iyun 19, 2025. 18:05 • 38 soniya
• 50
TOSHKENT, 19-iyun. /"Dunyo" AA/. Kecha Oliy Majlis Senatida "Mo'g'uliston – O'zbekiston" parlamentlararo do'stlik guruhi raisi Suxbaatar Erdenebat boshchiligidagi delegatsiya bilan onlayn uchrashuv o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Parlament yuqori palatasi matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, muloqot davomida O'zbekiston va Mo'g'uliston parlamentlararo do'stlik guruhlari faoliyatining samaradorligini oshirish hamda oliy darajada erishilgan kelishuvlar o'z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan birgalikdagi parlament nazoratini yo'lga qo'yish borasida fikr almashildi.
Shuningdek, O'zbekiston va Mo'g'uliston o'rtasidagi do'stona munosabatlar mustahkam tarixiy asoslarga ega ekanligi hamda o'zaro hurmat va ishonch tamoyillari asosida rivojlanayotgani alohida qayd etildi.
Muloqot yakunida, 2025–2026-yillarga mo'ljallanayotgan parlamentlararo hamkorlik bo'yicha "yo'l xaritasi" loyihasini amalga oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Qatar parlament aʼzolari hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Senatda Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Vengriya parlamentlari o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi