Logo

Xiva shahri Birinchi O'zbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumiga tayyorgarlik ko'rmoqda

Iyun 26, 2025. 11:10 • 36 soniya

131
Xiva shahri Birinchi O'zbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumiga tayyorgarlik ko'rmoqda

TOSHKENT, 26-iyun. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 1-2-iyul kunlari qadimiy va go'zal Xiva shahrida "Yangi ufqlarni izlab: muloqotdan hamkorlikdagi harakatlargacha" mavzusida Birinchi O'zbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi o'tkaziladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Parlament yuqori palatasi ma'lumotiga ko'ra, unda O'zbekiston Oliy Majlisi va Ozarbayjon Milliy Mejlisi a'zolari hamda ikki mamlakatning Yoshlar parlamentlari vakillari ishtirok etadi.

Forum maqsadi parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish, qonun ijodkorligi va parlament nazorati sohasida tajriba almashish, shuningdek, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga ko'maklashishdan iboratdir.

Anjuman yakunlari bo'yicha strategik sheriklikni yana-da mustahkamlash, ustuvor sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, qo'shma tashabbuslarni samarali amalga oshirish bo'yicha huquqiy asoslarni takomillashtirishga qaratilgan yakuniy hujjat qabul qilish nazarda tutilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish