O'zbekiston tarixda birinchi marta Xalqaro mehnat tashkiloti Ma'muriy kengashiga a'zo bo'ldi
Iyun 08, 2024. 16:20 • 58 soniya
• 1336
JENEVA, 8-iyun. /"Dunyo" AA/. Kecha Xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) Jenevadagi bosh-qarorgohida Xalqaro mehnat konferensiyasining 112-konferensiyasi doirasida 2024-2027-yillar uchun tashkilot Ma'muriy kengashi a'zolari va ularning o'rinbosarlariga saylov bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ovoz berish natijalariga ko'ra, O'zbekiston eng ko'p ovoz (194 ta, zarur minimum 105) to'plagan holda, o'z tarixida birinchi marta XMT Ma'muriy kengashiga a'zo o'rinbosari etib saylandi.
O'zbekistonning Ma'muriy kengashga saylanishi tarixiy voqea hisoblanadi, chunki O'zbekiston tomoni XMTning ushbu asosiy organiga birinchi marta a'zo bo'lmoqda.
Ovoz berish yakunlari shuni ko'rsatdiki, XMTga a'zo davlatlar mamlakatimizda bolalar va majburiy mehnatga barham berish, xalqaro mehnat sohasidagi qator muhim konvensiyalarni ratifikatsiya qilish, munosib mehnat tamoyillarini ilgari surish, muammolarni e'tiborsiz qoldirish siyosatidan ularni muloqot orqali hal etish kabi ko'rilayotgan islohotlarga baho beradi.
Boshqaruv organi XMTning ijro etuvchi organi hisoblanadi. Xalqaro mehnat konferensiyasi sessiyalari orasidagi davrda tashkilot ishiga rahbarlik qiladi va uning qarorlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi. Ma'muriy kengashning har yili uchta sessiyasi - mart, iyun va noyabr oylarida o'tkaziladi.
Ma'muriy kengash uch yil muddatga saylanadigan 56 nafar a'zo va 66 nafar o'rinbosardan iborat.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari AQSH delegatsiyasi bilan uchrashdi
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Qirg'iziston Prezidenti tomonidan qabul qilindi
Kobulda birinchi O'zbekiston-Afg'oniston siyosiy maslahatlashuvlari bo'lib o'tdi