O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozog‘iston poytaxtiga keldi
Aprel 21, 2026. 20:01 • 45 soniya
• 279
TOSHKENT, 21-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan bugun Ostona shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, poytaxt aeroportida O‘zbekiston Prezidentini Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston yetakchisi 22-aprel kuni Mintaqaviy ekologik sammit va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi taʼsischi davlatlari rahbarlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston elchisi Yaponiya sobiq Bosh vaziri bilan uchrashdi
O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida•Aprel 23, 2026. 18:37
O‘zbekiston–AQSH hamkorligi madaniyat sohasida ham kengaymoqda
O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida•Aprel 23, 2026. 18:16
Madridda Temuriylar merosini o‘rganish va targ‘ib etishga bag‘ishlangan media tadbir bo‘lib o‘tdi
Amir Temur-690 yilligi•Aprel 23, 2026. 16:55
O‘mon ekologiya idorasi rahbari Samarqand va Buxoroga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda
Hamkorlik•Aprel 23, 2026. 15:58
Barchasi