Logo

O'zbekiston Prezidenti Vashington shahrida AQSh Eksport-import banki rahbarini qabul qildi

Noyabr 06, 2025. 23:28 • 46 soniya

146
O'zbekiston Prezidenti Vashington shahrida AQSh Eksport-import banki rahbarini qabul qildi

TOSHKENT, 6-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Vashington shahriga amaliy tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida AQSh Eksport-import banki rahbari Jon Yovanovichni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Eksimbank hukumatning rasmiy eksport-kredit agentligi bo'lib, AQSh kompaniyalarining tashqi iqtisodiy faoliyatini qo'llab-quvvatlaydi hamda ularga sug'urta, kafolat va kredit vositalarini taqdim etadi.

Ushbu nufuzli institut bilan tayyorlangan qo'shma dastur asosida energetika, muhim minerallar, transport, qishloq xo'jaligi, AT va boshqa ustuvor yo'nalishlardagi yirik loyihalarni moliyalashtirish bo'yicha hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko'rib chiqildi.

Eksimbankning mamlakatimiz aviaparkini modernizatsiya qilish va "Boeing" samolyotlarini yetkazib berishdagi ishtirokiga alohida e'tibor qaratildi. Amaliy hamkorlikni davom ettirish va Uzoq muddatli sheriklik rejasini ishlab chiqishga kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari huzurida O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda AQSH Eksimbanki o'rtasida imzolangan Qo'shma loyihalarni moliyalashtirish to'g'risidagi bitim almashildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish