Farg'ona tinchlik forumining birinchi yig'ilishiga mezbonlik qilmoqda
Oktabr 15, 2025. 10:01 • 41 soniya
• 252
FARG'ONA, 15-oktyabr./"Dunyo" AA/. Bugun Farg'ona shahrida "Farg'ona vodiysi: tinchlik va taraqqiyot yo'lida birdamlik" mavzusidagi Farg'ona tinchlik forumining birinchi yig'ilishi ochilmoqda, deb xabar beryapti "Dunyo" AA muxbiri.

Ikki kun davomida Farg'ona shahri davlat idoralari vakillari, ekspertlar va jamoatchilikni birlashtirgan xalqaro muloqot va hamkorlik maydoniga aylanadi.
Forumda Markaziy Osiyo, MDH, Yevropa, Osiyo va Amerikadan 300 dan ortiq vakillar, jumladan YXHT, ShHT, BMT, Yevropa Ittifoqi kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
Tadbir ishtirokchilari Farg'ona vodiysining barqarorligi va izchil rivojlanishini ta'minlash, uning iqtisodiy salohiyatini ro'yobga chiqarish, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, xususiy sektor, yoshlar va fuqarolik jamiyati rolini kengaytirish masalalarini muhokama qiladilar.
Anjuman yakunlari bo'yicha yagona do'stlik va hamkorlik makonini yaratish, shuningdek, mintaqa xalqlari birligi ramzi sifatida "Intimak kuni"ni nishonlashga chaqiruvchi Kommyunike qabul qilinishi kutilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Jenevada “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobining taqdimoti bo‘ldi
“Saodat” jurnalining bir asrlik yubiley bayrami nishonlandi
Qoraqalpoq o‘tovi YUNESKO Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi