"Boqiy shahar" majmuasida 600 ga yaqin daraxt ko'chati ekildi
Noyabr 04, 2025. 15:45 • 45 soniya
• 281
SAMARQAND, 4-noyabr. / "Dunyo" AA/. YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi ish kunlarida Samarqand shahridagi "Boqiy shahar" majmuasi hududida daraxt ekish aksiyasi bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbir davomida 1,2 gektar maydonga qayrag'och, katalpa, yapon saforasi, eman, sharq chinori, lola daraxti, forzitsiya, lavanda, tuya, shuningdek, akatsiya, tol, xurmo, olma va boshqalar - jami 564 tup daraxt va butalar ekildi.
Tashkilotchilar ma'lumotiga ko'ra, YUNESKO tashkil etilganining 80 yilligi munosabati bilan Samarqandda yashil bog' barpo etilmoqda. Bog' 9 qismdan iborat bo'lib, ularning har biri Amir Temur davridan bizgacha yetib kelgan to'qqizta bog'ning o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi.
Bog'da 80 ming tup daraxt va butalar ekish, zamonaviy ekologik standartlar asosida tomchilatib sug'orish, energiya tejamkor quyosh panellari va nasoslar, yomg'ir suvini yig'ish va qayta ishlatish, chiqindilarni kompostlash va tuproqni boyitish tizimlarini joriy etish rejalashtirilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Jenevada “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobining taqdimoti bo‘ldi
“Saodat” jurnalining bir asrlik yubiley bayrami nishonlandi
Qoraqalpoq o‘tovi YUNESKO Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi