Logo

O'zbekiston raisligida BMTning Yaqin va O'rta Sharqda narkotiklarning noqonuniy aylanishi va unga aloqador masalalar bo'yicha quyi komissiyaning 57-majlisi bo'lib o'tdi

Oktabr 08, 2025. 11:22 • 2 daq

313
O'zbekiston raisligida BMTning Yaqin va O'rta Sharqda narkotiklarning noqonuniy aylanishi va unga aloqador masalalar bo'yicha quyi komissiyaning 57-majlisi bo'lib o'tdi

VENA, 8-oktyabr. /"Dunyo" AA/. BMTning Vena shahridagi bosh qarorgohida O'zbekiston raisligida Yaqin va O'rta Sharqda narkotiklarning noqonuniy aylanishi va unga aloqador masalalar bo'yicha kichik komissiyaning 57-majlisi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuvni O'zbekistonning Vena shahridagi xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili kirish so'zi bilan ochdi va narkotiklar tahdidiga samarali qarshi turish va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash bo'yicha xalqaro hamkorlik muhimligini ta'kidladi.

Kichik komissiya ishida mintaqa davlatlarining vakillari, shuningdek, BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi ekspertlari ishtirok etdi.

Uchrashuvning asosiy mavzusi jahon narkomaniya muammosiga qarshi kurashish bo'yicha mintaqaviy hamkorlikning bugungi holati bo'ldi.

Ishtirokchilar giyohvandlik vositalari, sintetik moddalar va prekursorlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo'yicha respublika va mintaqaviy darajada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida ma'lumot almashdi. Hududdagi yangi tendensiyalar, jumladan, sintetik dori vositalari ishlab chiqarishning o'sishi va giyohvand moddalar savdosida raqamli texnologiyalardan foydalanishga alohida e'tibor qaratildi.

O'zbekiston hukumatning idoralararo hamkorlikni mustahkamlash, qo'shma operatsiyalar samaradorligini oshirish va ma'lumotlarni almashish bo'yicha sa'y-harakatlari, shuningdek, kiberjinoyatchilik va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo'yicha milliy chora-tadbirlar to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etdi.

Yig'ilish yakunlari bo'yicha ishtirokchilar quyi komissiyaning navbatdagi, 58-majlisini 2026-yilda O'zbekistonda o'tkazish to'g'risidagi taklifni bir ovozdan qo'llab-quvvatladilar.

Ushbu qarorda mamlakatimizning giyovand moddalarining noqonuniy savdosiga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlik va mintaqaviy birdamlikni rivojlantirishdagi faol va konstruktiv roli e'tirof etildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish