Logo

30-iyun – O'zbekistonda Yoshlar kuni bayrami munosabati bilan Novosibirskdagi vatandosh yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Iyul 02, 2025. 12:24 • 45 soniya

120
30-iyun – O'zbekistonda Yoshlar kuni bayrami munosabati bilan Novosibirskdagi vatandosh yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi

NOVOSIBIRSK, 1-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston bosh konsuli Aslam Akbarov Sibir poytaxtidagi turli oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan vatandosh yoshlar bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

30-iyun – O'zbekistonda Yoshlar kuni bayrami munosabati tashkil etilgan tadbir avvalida bosh konsul O'zbekiston Prezidentining yosh avlodga qaratayotgan ulkan e'tibori, ularning o'qishi va zamonaviy mutaxassisliklarni egallashlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida so'zlab berdi.

Bugungi kunda 30 nafar yigit va qizlarimiz dunyoning top-10 universitetlarida, 500 nafari – top-100, 1500 nafari esa top-300 ro'yxatiga kiruvchi nufuzli universitetlarida tahsil olayotgani ta'kidlandi. Shuningdek, yoshlarning o'zbek xalqining boy madaniy va tarixiy merosini Sibir hududida faol targ'ib qilishdagi muhim roliga e'tibor qaratildi.

Tadbirda so'zga chiqqan talabalar ta'lim jarayonlari, yashash sharoitlari va turli madaniy tadbirlardagi ishtiroklari haqida to'xtaldilar.

Uchrashuv so'nggida yig'ilganlar uchun O'zbekistonning yoshlarga oid davlat siyosatining samarali natijalariga bag'ishlangan videofilm namoyish etildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish