Logo

Xitoyda murakkab vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarimiz O'zbekistonga qaytarildi

Dekabr 23, 2024. 19:50 • 35 soniya

294
Xitoyda murakkab vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarimiz O'zbekistonga qaytarildi

PEKIN, 23-dekabr /"Dunyo" AA/. Pekindagi elchixonamiz diplomatlarining Xitoy tomoni bilan olib borgan muzokaralari natijasida XXRda vaqtincha istiqomat qilishi davomida murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan 11 nafar o'zbekistonlik xotin-qizlar Vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Fuqarolarga elchixona tomonidan konsullik–huquqiy yordam ko'rsatilib, ularning barchasi Xitoy tomoni va "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining Pekindagi vakolatxonasi bilan muvofiqlashtirilgan holda "Pekin–Toshkent" yo'nalishida 22-dekabr kuni O'zbekistonga yetib bordi.


Xitoyning sohaga aloqador vazirlik va idoralari bilan yaqin ishchi hamkorlik o'rnatilgan bo'lib, bundan keyin ham ushbu mamlakatda og'ir hayotiy vaziyatga tushib qoladigan vatandoshlarga sifatli huquqiy yordam va tezkor konsullik xizmatlari ko'rsatish bo'yicha yo'lga qo'yilgan tizimli ishlar davom ettiriladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish