Logo

Pasport amal qilish muddati tugab, huquqiy qiyinchiliklarga duch kelgan O'zbekiston fuqarosiga Chexiyada amaliy yordam ko'rsatilib, vatanga qaytarildi

Noyabr 20, 2025. 16:23 • 40 soniya

69
Pasport amal qilish muddati tugab, huquqiy qiyinchiliklarga duch kelgan O'zbekiston fuqarosiga Chexiyada amaliy yordam ko'rsatilib, vatanga qaytarildi

PRAGA, 20-noyabr. /"Dunyo" AA/. Chexiyada muayyan huquqiy va moliyaviy muammolar tufayli qiyin ahvolda qolgan vatandoshimiz mamlakatimizning diplomatik vakolatxonasi vakillari ko'magida Vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ma'lum qilinishicha, fuqaro U.M. 2017-yilda Polsha orqali Chexiyaga ishlash maqsadida kelgan bo'lib, vaqt o'tishi bilan biometrik pasportining amal qilish muddati tugab qolgan. Hujjatni o'z vaqtida yangilanmagani sababli, u mamlakatda huquqiy jihatdan noqulay vaziyatga tushib qolgan. Yurtdoshimiz keyinchalik O'zbekiston elchixonasining konsullik bo'limiga murojaat qilgan.

Elchixona xodimlari tomonidan o'z vaqtida ko'rsatilgan yordam va XMT bilan samarali hamkorlik mamlakat tashqarisidagi har bir fuqaro e'tibordan chetda qolmasligi, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish O'zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish