Logo

Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida qarovsiz qolgan besh nafar bola O'zbekistonga qaytarildi

Oktabr 14, 2025. 16:21 • 36 soniya

141
Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida qarovsiz qolgan besh nafar bola O'zbekistonga qaytarildi

CHELYABINSK, 14-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi ko'magida Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida ota-ona qaramog'isiz qolgan besh nafar voyaga yetmagan bolalarning yurtimizga qaytishi ta'minlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Jumladan, 2008-yilda tug'ilgan A.M., 2018-yilda tug'ilgan Z.O., 2018-yilda tug'ilgan F.O., 2020-yilda tug'ilgan I.O. va 2023-yilda tug'ilgan T.S.ni O'zbekistonga olib kelish maqsadida Chelyabinsk viloyati Ijtimoiy munosabatlar vazirligi Vasiylik va homiylik ishlarini tashkil etish markazi rahbariyati bilan muzokaralar o'tkazildi. Uchrashuv davomida tomonlar masalaga doir hujjatlar bilan tanishib chiqib, Bosh konsulxona xodimi guvohligida voyaga yetmagan fuqarolarni topshirish va qabul qilish jarayoni bilan bog'liq bo'lgan hujjatlarni rasmiylashtirdilar.

Voyaga yetmagan O'zbekiston fuqarolari shu yil 11-oktyabr sanasida "Yekaterinburg-Toshkent" aviareysi orqali Vatanga kuzatib qo'yildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish