Logo

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida qarovsiz qolgan besh nafar bola O'zbekistonga olib kelindi

Oktabr 28, 2025. 17:10 • 31 soniya

102
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida qarovsiz qolgan besh nafar bola O'zbekistonga olib kelindi

SANKT-PETERBURG, 28-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi ko'magida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida qarovsiz qolgan besh nafar voyaga yetmagan yurtdoshimizning O'zbekistonga qaytarilishi ta'minlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 Mazkur tadbir O'zbekiston Ichki ishlar va Sog'liqni saqlash vazirliklari vakillari bilan birgalikda amalga oshirildi.

Ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalar Sankt-Peterburgdagi voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy reabilitatsiya markazlari va bolalar uchun Tranzit ijtimoiy boshpanasiga joylashtirilgan.

O'zbekistondan kelgan ishchi guruh bilan hamkorlikda bolalarni Vatanga qaytarish bo'yicha barcha kerakli hujjatlarni to'plandi. Bosh konsulxona bolalarga repatriatsiya sertifikatlarini bepul taqdim etdi.

Vatandosh bolalar mutasaddilar hamrohligida Sankt-Peterburg-Toshkent yo'nalishidagi samolyot bilan O'zbekistonga kuzatib qo'yildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish