O‘monda “Mirziyoyev doktrinasi: global beqarorlik davridagi imkoniyatlar diplomatiyasi” kitobi chop etildi
Noyabr 21, 2026. 14:00 • 2 daq
• 9
MASKAT, 21-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘mondagi nufuzli “Luban” nashriyotida “Mirziyoyev doktrinasi: global beqarorlik davridagi imkoniyatlar diplomatiyasi” nomli kitobning arab tilidagi nashri chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ushbu kitobda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda so‘nggi o‘n yil davomida amalga oshirilgan islohotlar, mamlakat tashqi siyosatidagi yangi yondashuvlar va diplomatik hamkorlik istiqbollari keng yoritilgan.
Asarda Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillari – o‘zaro ishonch, konstruktiv muloqot, yaxshi qo‘shnichilik va manfaatli hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Shuningdek, Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiyani kuchaytirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, transport yo‘laklarini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb etish borasidagi sa’y-harakatlar tahlil qilingan.
Kitobning aynan arab tilida nashr etilgani O‘monda O‘zbekistonning bugungi taraqqiyot yo‘li, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va davlatimiz rahbarining siyosiy qarashlariga bo‘lgan qiziqish tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.
Bu, bir tomondan, O‘zbekiston yetakchisiga nisbatan yuksak hurmat va e’tiborning ifodasi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, mamlakatimizning islohotlar tajribasi O‘mon jamoatchiligi uchun ham qiziqish va ahamiyat kasb etayotganini anglatadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi