Rossiyaning Yekaterinburg shahrida mushkul ahvolda qolgan o'n olti nafar ayollar va bolalar O'zbekistonga olib kelindi
Avgust 30, 2025. 18:55 • 26 soniya
• 100
YEKATERINBURG, 30-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi xodimlari ko'magida Rossiyaning Yekaterinburg shahrida mushkul ahvolda qolgan o'n olti nafar hamyurtimiz bugun Vatanga olib kelindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ushbu insonparvarlik ko'magi joriy yilning 30-iyulidan 30-avgustiga O'zbekistonda e'lon qilingan "Vatanga qaytarish" tadbiri doirasida amalga oshirildi.
O'zbekistonga qaytarilgan yurtdoshlarimizning aksariyatini onalar va ularning voyaga yetmagan bolalari tashkil qiladi.
Mazkur yurtdoshlarimiz 30-avgust kuni diplomatlar tomonidan Yekaterinburg-Toshkent yo'nalishidagi aviareysi orqali O'zbekistonga kuzatib qo'yildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi
Sankt-Peterburgda vatandoshlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha memorandum imzolandi