Rossiyaning Mordoviya Respublikasida bo'lgan voyaga yetmagan yurtdoshlarimiz O'zbekistonga qaytarildi
Dekabr 24, 2024. 18:14 • 36 soniya
• 308
QOZON, 24-dekabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi uzoq vaqt davom etgan tadbirlar natijasida Rossiyaning Volgabo'yi federal okrugidagi Mordoviya jazoni ijro etish muassasasida jazo o'tayotgan O'zbekiston fuqarolarining voyaga yetmagan bolalarini Vatanga qaytarish jarayonlarini muvaffaqiyatli yakunladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Bosh konsulxona diplomatlari tomonidan olib borilgan maqsadli muzokaralar samarasi o'laroq, o'zbekistonlik bolalarni Mordoviyadagi jazoni ijro etish muassasasi hududida joylashgan Bolalar uyidan olish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Voyaga yetmagan yurtdoshlarimiz diplomatlar, O'zbekiston Ichki ishlar vazirligi va mamlakatimiz tibbiyot xodimlari hamrohligida qabul qilib olindi.
Ta'kidlash kerakki, Rossiyadagi jazoni ijro etish muassasalarida joylashgan Bolalar uyidan o'zbekistonlik yosh bolalarni repatriatsiya qilish tadbiri amaliyotda birinchi marta amalga oshirildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi