Logo

Rossiyaning Tomsk viloyatida og'ir kasallikka chalingan hamyurtimiz O'zbekistonga qaytarildi

Mart 12, 2025. 15:51 • 33 soniya

277
Rossiyaning Tomsk viloyatida og'ir kasallikka chalingan hamyurtimiz O'zbekistonga qaytarildi

TOMSK, 12-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda Rossiyaning Tomsk viloyatida og'ir kasallikka chalingan hamyurtimiz Vatanga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bosh konsulxonadan olingan ma'lumotga ko'ra, Tomsk viloyatiga ishlash uchun kelgan yurtdoshimiz B.X. tanasining bir qismi ishlamay qolgani va mustaqil harakat qilish imkoniyatidan mahrum bo'lganligi sababli ushbu viloyatdagi 2-sonli klinik shifoxonasi yotqizilgan.

Rossiyalik shifokorlar vatandoshimizga barcha zarur tibbiy muolajalarni amalga oshirdi.

Bemorning ahvoli og'irligi inobatga olinib, Bosh konsulxona va Migratsiya agentligi tomonidan uning O'zbekistonga qaytishi uchun zarur ko'mak ko'rsatildi hamda samolyotda yurtimizga kuzatib qo'yildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish