Rossiyaning Tatariston hududida sodir bo'lgan yo'l-transport hodisasi natijasida og'ir tan jarohati olgan yurtdoshimiz O'zbekistonga qaytarildi
Sentabr 29, 2024. 11:22 • 52 soniya
• 568
QOZON, 29-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Qozondagi Bosh konsulxonasi ko'magida Tatariston Respublikasi hududida sodir bo'lgan yo'l transport hodisasi natijasida og'ir tan jarohati olgan yurtdoshimiz va uning onasi Vatanga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ma'lumotiga ko'ra, joriy yilning 1-sentabr kuni Tatariston Respublikasi hududidan o'tuvchi Aznakayevo–Almetyevsk trassasida O'zbekiston fuqarolari ishtirokida yo'l transport hodisasi sodir bo'lgan. Ushbu hodisa oqibatida O'zbekiston fuqarosi T.J. og'ir tan jarohati olgan va u zudlik bilan Almetyevsk tumanlararo ko'ptarmoqli shifoxonasiga yotqizilgan.
Bemorning onasi o'g'lini O'zbekiston olib ketish uchun moliyaviy ko'mak so'rab Bosh konsulxonaga rasman murojaat qilgan. O'zbekiston diplomatlari jabrlangan yurtdoshimizga barcha turdagi konsullik-huquqiy va amaliy yordam ko'rsatdilar. Xususan, shifokorlar va boshqa idoralar bilan zarur uchrashuvlar o'tkazildi hamda holat doimiy nazoratga olindi.
Shuningdek, mazkur ariza asosida Bosh konsulxona xodimlari tomonidan bemor T.J.ni mamlakatimizga qaytarish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash ishlari amalga oshirildi.
Natijada yo'l transport hodisasi oqibatida og'ir tan jarohati olgan yurtdoshimiz T.J. va uning onasiga "Qozon–Toshkent" aviaqatnoviga chipta olib berildi va ular 26-sentabr kuni Vatanga qaytarildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Britaniyada o‘zbek talabalari o‘rtasida “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri o‘tkazildi
Og‘ir ahvolga tushib qolgan hamyurtlar vatanga qaytarildi
O‘zbekistonlik talaba xalqaro tanlov sovrindori bo‘ldi
Italiyada ilk bor “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi
Turkiyadagi yurtdoshlarimiz holidan xabar olindi