O'zbekiston maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Buyuk Britaniyada tahsil olayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi
May 26, 2024. 07:45 • 2 daq
• 475
LONDON 26-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o'rinbosari Otabek Mahkamov Britaniyaga tashrifi davomida mamlakatimiz elchixonasida ushbu davlatda tahsil olayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda Britaniyaning Kembrij, London kollej universiteti (UCL), Qirolicha Meri universiteti (Queen Mary University), Reding, Brunel, Vestminister va boshqa oliy ta’lim muassasalarida turli mutaxassisliklarda tahsil olayotgan ellik nafardan ziyod talabalar va yoshlar ishtirok etdi.
Shu o'rinda ta’kidlash kerakki, "El-yurt umidi" jamg'armasi tomonidan bugungi kunda 120 nafar stipendiat Buyuk Britaniyaning global akademik reytinglarda TOP 300 talikka kirgan nufuzli universitetlarida mamlakatimiz uchun ustuvor hisoblangan mutaxassisliklar bo'yicha ta’lim olmoqda.
Suhbat davomida o'zbekistonlik talabalar bilan doimiy muloqotni davom ettirish, ularda vatanparvarlik tuyg'usini oshirish, milliy qadriyatlarini rivojlantirish, kelgusi rejalari bilan tanishish, shuningdek, zarur hollarda huquqiy yordam ko'rsatish masalalari xususida fikr almashildi.
"O'zbekiston–2030" strategiyasi va "Yoshlar va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash yili" davlat dasturining mazmun-mohiyati ta’kidlandi.
Maktab ta’limi va oliy ta’lim sohasidagi ijobiy o'zgarishlar, shuningdek, ko'plab yangi ta’lim muassasalarining tashkil etilayotgani, ularning soni qariyb 210 taga yaqinlashgani ma’lum qilindi. Respublikada raqamlashtirish va IT texnologiyalar jadal tarzda rivojlanayotgani qayd etildi.
Britaniyada ta’lim olayotgan talabalar sifatli va a’lo darajadagi bilim hamda tajribalarni egallab yurt taraqqiyotiga hissa qo'shishlari zarurligi urg'ulandi.
Muloqot davomida, shuningdek, vatandoshlarning ta’lim jarayoni va boshqa masalalarga oid savollariga mutasaddilar batafsil javob berishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Britaniyada o‘zbek talabalari o‘rtasida “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri o‘tkazildi
Og‘ir ahvolga tushib qolgan hamyurtlar vatanga qaytarildi
O‘zbekistonlik talaba xalqaro tanlov sovrindori bo‘ldi
Italiyada ilk bor “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi
Turkiyadagi yurtdoshlarimiz holidan xabar olindi