Logo

Bugungi kunda O'zbekiston fuqarolari 40 ga yaqin davlatga vizasiz va yana 42 ta davlatga esa soddalashtirilgan tartibda kirish imkoniyatiga ega

Avgust 01, 2025. 20:02 • 40 soniya

98
Bugungi kunda O'zbekiston fuqarolari 40 ga yaqin davlatga vizasiz va yana 42 ta davlatga esa soddalashtirilgan tartibda kirish imkoniyatiga ega

TOSHKENT, 1-avgust. / "Dunyo" AA/. Bugungi kunda O'zbekiston fuqarolari 40 ga yaqin davlatga vizasiz, yana 42 ta mamlakatga esa soddalashtirilgan tartibda kirish imkoniyatiga ega, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"2023-2025-yillarda Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Tailand, O'mon, Eron kabi 10 ga yaqin davlat bilan vizasiz rejim joriy etildi, - deb yozadi TIV matbuot kotibi Axror Burxanov o'zining telegram-kanalida. - Shuningdek, Saudiya Arabistoni, Qatar, Vetnam kabi bir qator mamlakatlar fuqarolarimiz uchun viza tartibini yengillashtirdi.

Hozirgi vaqtda o'nlab davlatlar bilan fuqarolarimizning xorijga chiqishini yanada osonlashtirish bo'yicha faol muzokaralar davom etmoqda. Tashqi ishlar vazirligi ushbu yo'nalishdagi sa'y-harakatlarini izchil davom ettirib, O'zbekiston fuqarolariga xalqaro maydonda kengroq imkoniyatlar yaratadi".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish