BAAda blogerlik faoliyati bilan shug'ullanib kelayotgan Fotima Hasanova "Guinness World Records 2024" g'olibiga aylandi
Yanvar 22, 2024. 22:39 • 48 soniya
• 515
DUBAY, 23-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasida BAAda blogerlik faoliyati bilan shug'ullanib kelayotgan "Guinness World Records 2024" g'olibi Fotima Hasanova bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Fotima Hasanova xitoylik hamkorlari bilan birgalikda joriy yilning yanvar oyida Dubay amirligida bo'lib o'tgan "Guinness World Records 2024" "Ko'p millat vakillarini bir sahnada jamlash va xoreografik raqsni ijro etish" nominatsiyasi bo'yicha Ginnes rekordini o'rnatishga muvaffaq bo'ldi. Vatandoshimiz ushbu Ginnes rekordini o'rnatishda bir sahnada 75 millat vakillarini yig'ishga muyassar bo'lgan.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, vatandoshimiz mazkur tadbirda milliy liboslarimiz bo'lmish zarchopon va do'ppida hamda o'zbek yozuvidagi "Dunyo tinchligi uchun" shiori ostida ishtirok etdi. Bu esa o'zbek xalqining madaniyati, urf-odatlari va an’analarini keng ommaga namoyish etishga xizmat qildi.
O'z navbatida, Fotima Hasanova BAAda media sohasida o'z faoliyatini boshlaganini hamda Bosh konsulxona bilan yaqin aloqalarni yanada mustahkamlashini bildirib o'tdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Britaniyada o‘zbek talabalari o‘rtasida “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri o‘tkazildi
Og‘ir ahvolga tushib qolgan hamyurtlar vatanga qaytarildi
O‘zbekistonlik talaba xalqaro tanlov sovrindori bo‘ldi
Italiyada ilk bor “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi
Turkiyadagi yurtdoshlarimiz holidan xabar olindi