Logo

Turkiyadagi yurtdoshlarimiz holidan xabar olindi

Oktabr 25, 2025. 15:50 • 27 soniya

73
Turkiyadagi yurtdoshlarimiz holidan xabar olindi

ISTANBUL, 25-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Turkiyaning Sakarya viloyatida joylashgan jazoni ijro etish muassasalari bo'lgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Diplomatlar tashrif davomida mazkur muassasalarda bo'lgan hamyurtlarimizga yaratilgan sharoitlar, tibbiy yordam, oziq-ovqat ta'minoti, advokat xizmatidan foydalanish va yaqin qarindoshlari bilan uchrashish imkoniyatlarini o'rgandi.

Vatandoshlar bilan suhbat davomida ularning takliflari tinglandi va tegishli tartibda huquqiy maslahatlar berildi.

Muassasalar rahbariyati bilan kechgan muloqot chog'ida yurtdoshlarimiz huquqlarini ta'minlash, yashash sharoitlarini yaxshilash va konsullik tashriflarini muntazam amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish