Misrda vatandosh yoshlar o'rtasida futbol turniri tashkil etildi
Iyul 13, 2025. 14:52 • 32 soniya
• 69
QOHIRA, 13-iyul. /"Dunyo" AA/. Misr poytaxtida ushbu mamlakatda ta'lim olayotgan va vaqtincha ishlayotgan vatandosh yoshlar o'rtasida futbol turniri o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Turnir O'zbekiston elchixonasi va ushbu mamlakatda ta'lim olayotgan faol talabalar tomonidan tashkil etildi.
Musobaqada 15 ta jamoa guruhlarga bo'lingan holda bosh sovrin uchun kurash olib bordi.
Ta'kidlash joizki, sport tadbirlari xorijdagi O'zbekiston yoshlarini jipslashtirish, ularda vatanparvarlik tuyg'ularini mustahkamlash va chet elda mamlakatimiz nufuzini oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, bundan sport va madaniy loyihalar o'zbek talabalari o'rtasida hamjihatlik, o'zaro hurmat, do'stlik va sog'lom raqobat ruhini yana-da kuchaytirib, ularning jismoniy va ma'naviy rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Britaniyada o‘zbek talabalari o‘rtasida “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri o‘tkazildi
Og‘ir ahvolga tushib qolgan hamyurtlar vatanga qaytarildi
O‘zbekistonlik talaba xalqaro tanlov sovrindori bo‘ldi
Italiyada ilk bor “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi
Turkiyadagi yurtdoshlarimiz holidan xabar olindi