Logo

O'zbekiston maktab direktorlari va mutaxassislari Kembrijda xalqaro o'quv dasturlarida ishtirok etmoqda

May 16, 2025. 12:51 • 32 soniya

81
O'zbekiston maktab direktorlari va mutaxassislari Kembrijda xalqaro o'quv dasturlarida ishtirok etmoqda

LONDON, 16-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston maktab direktorlari va mutaxassislari uchun joriy yilning 14-21-may kunlari Kembrijda o'quv dasturlari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur dasturlar "Cambridge University Press & Assessment" bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

O'quv dasturlari doirasida yetakchilik va rahbarlik salohiyatini rivojlantirish hamda maktab muhitini yaxshilash uchun kouching va mentorlik madaniyatini shakllantirish kabi yo'nalishlarda amaliy mashg'ulotlar olib borilmoqda.

Shuningdek, tinglovchilar "Cambridge International School" maqomini olish jarayonlariga bag'ishlangan sessiyalarda qatnashyapti.

Dasturlar yakunida ishtirokchilarga xalqaro sertifikatlar beriladi. Eng muhimi ishtirokchilar o'z muassasalarida kelgusida qo'llash mumkin bo'lgan amaliy ko'nikmalarga ega bo'ladilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish