O'zbekiston va Gruziyaning sayyohlik shaharlari o'rtasidagi aviaqatnovlar soni ko'paytiriladi
Iyul 27, 2025. 12:26 • 39 soniya
• 46
TOSHKENT, 27-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston transport vaziri Ilhom Maxkamov Gruziya iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri Mariam Kvrivishvili bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Transport vazirligi ma'lumotiga ko'ra, tomonlar avtomobil va temir yo'l tashuvlari sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, Gruziya dengiz portlaridan foydalangan holda xalqaro multimodal transport yo'laklarini rivojlantirish bilan bog'liq masalalarni muhokama qildilar.
"Xitoy – Qirg'iziston – O'zbekiston" temir yo'li qurilishi loyihasining ahamiyati va kelgusida mazkur temir yo'lning xalqaro transport yo'laklari tizimiga, jumladan, O'rta yo'lakka integratsiyalashuvini inobatga olib, gruzin tomoniga ushbu loyihada ishtirok etish imkoniyatini ko'rib chiqishni taklif etildi.
Muloqot chog'ida, shuningdek, ikki mamlakatning sayyohlik salohiyatini rivojlantirish maqsadida O'zbekiston va Gruziyaning sayyohlik shaharlari o'rtasidagi aviaqatnovlar sonini ko'paytirish yuzasidan ham fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi