O'zbekiston va Vengriya yoqilg'i-energetika sohalarida hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilmoqda
Iyun 28, 2024. 14:10 • 45 soniya
• 200
VARSHAVA, 28-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Vengriyadagi elchisi Oybek Shaxavdinov Markaziy va Sharqiy Yevropadagi eng yirik energetika korporatsiyalaridan biri – "MOL Group" kompaniyasi raisi va ijrochi direktori Jolt Xernadi bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida Energetika, kimyo va neft-kimyo sohalarida tomonlar o'rtasidagi hamkorlikning mavjud va potensial imkoniyatlari ko'rib chiqiladi.
O'zbekiston bilan Vengriya o'rtasidagi ikki va ko'p tomonlama hamkorlik turli yo'nalishlarda, jumladan, bank, qurilish, qishloq xo'jaligi sohalarida muvaffaqiyatli rivojlanib borayotgani alohida ta'kidlandi.
O'zbekiston va "MOL Group" kompaniyasi o'rtasidagi uzoq muddatli samarali hamkorlikka umid bildirildi.
Uchrashuvda, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
"MOL Group" Markaziy va Sharqiy Yevropadagi yetakchi integratsiyalashgan neft va gaz korporatsiyasi hisoblanadi. Korporatsiya bosh qarorgohi Vengriya poytaxti Budapesht shahrida joylashgan. Kompaniya 40 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat ko'rsatadi va butun dunyo bo'ylab 25 ming xodimga ega.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi