Logo

O'zbekistonda raqobat muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan islohotlar Vengriyadagi xalqaro anjumanda taqdim etildi

Mart 28, 2024. 18:01 • 42 soniya

57
O'zbekistonda raqobat muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan islohotlar Vengriyadagi xalqaro anjumanda taqdim etildi

BUDAPESHT, 28-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi raisi o'rinbosari Asadulla Qayumov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiya 25-27-mart kunlari Budapesht shahrida o'tkazilgan "Sudlov va qo'shib yuborishlar ustidan nazorat" mavzusiga bag'ishlangan raqobat organlari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda ishtirok etishdan maqsad raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi kurashish sohasida jahon mamlakatlari tomonidan olib borilayotgan faoliyat bilan yaqindan tanishish va xalqaro ilg'or tajribalarni o'rganishdan iborat.

O'zbekiston vakillari o'z ma'ruzalarida mamlakatimizdagi raqobat muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan islohotlarning ijobiy natijalari haqida batafsil ma'lumot berdilar.

Tashrif davomida Vengriya Raqobat organi prezidenti, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti raqobat departamenti boshlig'i, shuningdek, Ozarbayjon, Xorvatiya, Qozog'iston, Serbiya Gruziya, Moldova, Shimoliya Makedoniya, Ruminiya kabi davlatlarning vakolatli organ rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar o'tkazildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish