Qoraqalpog'iston delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklarida samarali muzokaralar o'tkazdi
May 29, 2025. 12:54 • 2 daq
• 105
ABU-DABI, 29-may. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 20-23-may kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev boshchiligidagi delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklarida bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif davomida BAAning Abu-Dabi, Dubay va Ras al Hayma amirliklaridagi davlat tashkilotlari, fondlar, yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralar o'tkazildi.
Jumladan, Jahon meteorologiya tashkiloti prezidenti, BAA Milliy meteorologiya markazi bosh direktori Abdulla Ahmad Al-Mandus bilan kechgan suhbat chog'ida meteorologik va iqlimiy kuzatuvlar bazasini yaratish, Orolbo'yi hududining qurg'oqchil iqlimi sharoitida yog'ingarchilikni modifikatsiyalash texnologiyalarini joriy etish bo'yicha masalalar muhokama qilindi. Tomonlar "Yo'l xaritasi" ishlab chiqilishi va Milliy meteorologiya markazi mas'ullarining O'zbekiston, jumladan, Qoraqalpog'istonga tashrifini tashkil etishga kelishib oldilar.
"2 Point Zero", "Burjeel holdings", "Life Pharma", "Tatweer Holding", "Xalifa bin Zoid Ol Nahayon" va Abu-Dabi taraqqiyot fondlari, "ADQ" , "ADNOC Gas", "ENOC" va Sho'rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi (ICBA) bilan o'tkazilgan uchrashuvlar natijasida o'zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan samarali muloqotlar natijasida qator manfaatli kelishuvlarga erishildi.
Amirliklar tomoni Qoraqalpog'istondagi mavjud konlarda hamkorlikda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va ekologik xavfsiz o'zlashtirish, ikki mamlakat universitetlari hamda ilmiy muassasalari bilan birgalikda qo'shma tadqiqot markazlari va kadrlar tayyorlash dasturlarini tashkil etish, energetika sohasida hamkorlikni rivojlantirish, tibbiyot yo'nalishida qo'shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Turkiya transport sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tariladi