Logo

"Belarus – Rossiya – Qozog'iston – O'zbekiston – Afg'oniston – Pokiston" multimodal transport koridorini rivojlantirish vazifalari kelishib olindi

Iyul 29, 2025. 18:30 • 41 soniya

82
"Belarus – Rossiya – Qozog'iston – O'zbekiston – Afg'oniston – Pokiston" multimodal transport koridorini rivojlantirish vazifalari kelishib olindi

TOSHKENT, 29-iyul. /"Dunyo" AA/. "Belarus – Rossiya – Qozog'iston – O'zbekiston – Afg'oniston – Pokiston" multimodal transport koridorini rivojlantirish bo'yicha ishchi guruhning onlayn yig'ilishi bo'lib o'tdi, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston transport vazirligi ma'lumotiga ko'ra, transport vaziri o'rinbosari Jasurbek Choriyev ishtirok etgan yig'ilishda yangi multimodal transport koridori orqali yuk tashuvlarini rivojlantirish bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi.

Tomonlar har bir davlat hududi orqali o'tuvchi xalqaro transport yo'laklarini rivojlantirish sohasidagi loyihalarni o'zaro muvofiqlashtirishga kelishib oldi.

2023-yilning noyabr oyida Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) davlatlarining birinchi transport forumi doirasida Belarus – Rossiya – Qozog'iston – O'zbekiston – Afg'oniston – Pokiston xalqaro transport koridorini yaratish va rivojlantirish bo'yicha anglashuv memorandumi imzolangan edi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish