Buyuk britaniyalik 500 dan ortiq o'qituvchi O'zbekistondagi maktablarga keladi
May 25, 2025. 11:42 • 2 daq
• 102
LONDON, 26-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston delegatsiyasi joriy yilning 19-22-may kunlari London shahrida o'tkazilgan Butunjahon ta'lim forumida ("Education World Forum") ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ta'lim sohasidagi eng nufuzli tadbirlardan biri – Butunjahon ta'lim forumi an'anaviy tarzda har yili o'tkaziladi. Anjumanda butun dunyodan 130 dan ortiq ta'lim sohasining nufuzli vakillari qatnashdi.
Joriy yilgi "EWF-2025" forumi "Barqarorlikdan o'sish sari: birgalikda kuchli va mukammal ta'limni qurish" mavzusida bo'lib o'tdi.
Unda inklyuziv, sezgir va barqaror ta'lim tizimini yaratish, barqaror rivojlanishda ta'limning roli, texnologiyani ta'limga integratsiyalash bilan bog'liq muammolar va imkoniyatlar kabi mavzular muhokama qilindi.
Forum doirasida O'zbekiston Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda "Volunteers Services Overseas" tashkiloti o'rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi. Hujjatga ko'ra, O'zbekistondagi umumta'lim maktablarida faoliyat yuritish uchun malakali mutaxassis va volontyorlar, xususan 500 nafardan ortiq britaniyalik o'qituvchilarni shu yil sentyabridan jalb qilish, Britaniya Ta'limi vazirligi bilan maktabgacha ta'limning britaniya modeli asosida tajriba almashish, bolalarni sog'lom ovqatlantirish yo'nalishlarida hamkorlik qilish, "Assessment and Qualifications Alliance" bilan o'quvchilar bilimni baholash, imtihonlar o'tkazish, testologiya va treninglar o'tkazish ishlari amalga oshiriladi.
Shuningdek, "International Baccalaureate - IB" tashkiloti bilan kelgusida IB dasturi O'zbekistondagi maktablarda bosqichma-bosqich joriy etish, "Cambridge University Press & Assessment" tashkiloti bilan Nizomiy nomidagi O'zbekiston milliy pedagogika universiteti transformatsiya qilish, "Maktab liderligini rivojlantirish" dasturi qisqa muddatli kurslarni faollashtirish, "Yangi O'zbekiston" universiteti bilan Birkbek universiteti o'rtasida hamkorlikda magistratura mutaxassisliklari bo'yicha qo'shma ta'lim dasturlari joriy etish, "QS Quacquarelli Symonds" xalqaro reyting agentligining Yevropa va Markaziy Osiyo bo'yicha sammitini 2025-yilda O'zbekistonda o'tkazish, "Pearson" bilan xalqaro ta'lim dasturlarini joriy qilish kabi loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Turkiya transport sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tariladi