Janubiy Koreyaning Pyontek shahri ma'muriyati Sirdaryo viloyatidagi maktablarga zamonaviy kompyuter jamlanmalarini sovg'a qildi
Dekabr 12, 2023. 09:20 • 50 soniya
• 170
TOSHKENT, 12 dekabr. /"Dunyo" AA /. Kecha Sirdaryo viloyati hokimligida Koreya Respublikasining Kyongi-do provinsiyasida joylashgan Pyontek shahri ma'muriyati vakillari tomonidan viloyatdagi o'n ikkita maktablarga 75 ming AQSh dollari miqdoridagi kompyuter va printerlarni topshirish marosimi bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Pyontek shahri meri Jong Jang Son joriy yilning 6 noyabr kuni O'zbekistonning Seuldagi elchixonasida bo'lib o'tgan uchrashuvda Sirdaryodagi maktablarni zamonaviy moddiy-texnik vositalar bilan ta'minlash uchun homiylik yordami ko'rsatilishini ma'lum qilgan edi.
Umumiy qiymati 75 ming AQSh dollariga teng bo'lgan beg'araz yordam 84 ta zamonaviy kompyuter jamlanmasi hamda 24 ta printer qurilmasidan iborat.
Tadbirda viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, Janubiy Koreya – O'zbekiston biznes assotsiatsiyasi raisining birinchi o'rinbosari Kim Chang Keon hamda Pyontek shahri rasmiylari ishtirok etishdi.
Viloyat hokimi Pyontek shahri bilan nafaqat savdo-iqtisodiy, balki madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar ham rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Ko'rsatilgan homiylik ko'magi uchun Janubiy Koreya tomoniga samimiy minnatdorlik bildirildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi