Ashxobodda Markaziy Osiyo mamlakatlari yosh diplomatlari va davlat xizmatchilari uchun mintaqaviy trening bo'lib o'tmoqda
May 13, 2025. 14:40 • 2 daq
• 91
ASHXOBOD, 13-may. /"Dunyo" AA/. Kecha Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari yosh diplomatlari va davlat xizmatchilari uchun mintaqaviy trening o'z ishini boshladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Turkmaniston hukumati tomonidan BMTning Turkmanistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir "2025-yil – Xalqaro tinchlik va ishonch yili" doirasida o'tkazilmoqda. Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro munosabatlar institutida bo'lib o'tayotgan o'quvlarda O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston vakillari qatnashyapti.
Tadbir maqsadi yosh diplomatlari va davlat xizmatchilarining kasbiy malakasini oshirish, jumladan BMT mandati va faoliyati bilan yaqindan tanishish, xalqaro munosabatlar va diplomatiya sohasidagi ko'nikmalarini rivojlantirishdan iborat. Shuningdek, u Markaziy Osiyo davlatlari yoshlari o'rtasida do'stona munosabatlarni mustahkamlashga, mintaqada hamjihatlik va barqaror rivojlanishni ta'minlashga ko'maklashishga qaratilgan.
Diplomatik kurslarning tantanali ochilish marosimida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o'rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, BMTning Turkmanistondagi doimiy koordinatori Dmitriy Shlapachenko, BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakili Kaxa Imnadze, diplomatik vakolatxonalar rahbarlari va vakillari, xalqaro munosabatlar va diplomatiya sohasi mutaxassislari, professor-o'qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.
Trening davomida ishtirokchilar turli ma'ruzalar va amaliy mashg'ulotlarda qatnashib, xalqaro tinchlik va ishonchni mustahkamlash, barqaror rivojlanishni ta'minlash hamda mintaqaviy hamkorlik istiqbollariga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikrlar almashadilar va o'z g'oyalari bilan o'rtoqlashadilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Turkiya transport sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tariladi