O'zbekiston va Serbiya bizneslari yangi qo'shma tashabbuslarni amalga oshirishga kelishib oldi
Oktabr 31, 2025. 15:55 • 51 soniya
• 90
TOSHKENT, 31-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Serbiya Prezidenti Aleksandar Vuchichning O'zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Toshkent shahrida O'zbekiston-Serbiya biznes-forumi va ko'rgazmasi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) ma'lumotiga ko'ra, biznes-forumda davlat tuzilmalari vakillari hamda ikki mamlakatdan 100 dan ortiq tadbirkorlar qatnashdi,
Biznes-forumda O'zbekiston Bosh vaziri o'rinbosari Jamshid Xodjayev va investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o'rinbosari Xurram Teshabayev ishtirok etdi. Forum iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash va qo'shma loyihalarni yo'lga qo'yish bo'yicha amaliy qadamlarni muhokama qilish uchun muhim maydonga aylandi.
Tomonlar 2025-yil yanvar-sentyabr oylarida o'zaro savdo hajmining 2,5 foizga oshganini va investitsion hamkorlikning faollashganini qayd etdilar. Bugungi kunda O'zbekistonda serbiyalik investorlar ishtirokidagi 9 ta korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Forum doirasida o'tgan ko'rgazmada O'zbekistonning 50 dan ortiq kompaniyalari farmatsevtika, kimyo, konchilik, qurilish, qishloq xo'jaligi, avtomobilsozlik, to'qimachilik va charm sanoati sohalarini namoyish etdi.
Biznes-forum yakunida B2B va G2B formatidagi uchrashuvlar o'tkazilib, yangi qo'shma tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi