O'zbekiston Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi Budapeshtda Vengriya aksilterror markazi rahbariyati bilan samarali muzokaralar o'tkazdi
Iyul 22, 2025. 14:23 • 36 soniya
• 68
BUDAPESHT, 22-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi Budapeshtga tashrifi davomida Vengriya aksilterror markazi rahbariyati bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mamlakatimiz delegatsiyasi a'zolarini markaz direktori general-mayor Yanosh Xaydyu qabul qildi. U o'zbekistonlik hamkasblarini markaz faoliyatining asosiy yo'nalishlari va tuzilmasi bilan tanishtirdi.
Uchrashuvda terrorizmga qarshi kurashish, xavfsizlikni ta'minlash va aholini himoya qilish sohasida o'zaro hamkorlik va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, mutaxassislar tayyorlash va axborot almashish istiqbollariga alohida e'tibor qaratildi. Har ikki tomon mintaqada va undan tashqarida terrorchilik tahdidlariga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo'yicha hamkorlikni yana-da mustahkamlashdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi