Logo

O'zbekiston va Malayziya maktabgacha va maktab ta'limi sohasidagi hamkorlik rivojlantirmoqda

May 24, 2025. 12:51 • 2 daq

73
O'zbekiston va Malayziya maktabgacha va maktab ta'limi sohasidagi hamkorlik rivojlantirmoqda

KUALA-LUMPUR, 24-may. /"Dunyo" AA/. Toshkent viloyati hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Otabek Sultanbekov boshchiligidagi delegatsiya Malayziyaga safari davomida Kuala-Lumpur shahridagi "UCSI" xalqaro maktabi faoliyati bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif davomida "UCSI" xalqaro maktablar tarmog'i bosh ijrochi direktori Villi Tan va Kuala-Lumpur shahridagi "UCSI" xalqaro maktabi direktori Iain Sleyd bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston va Malayziya o'rtasida maktab ta'limi sohasida hamkorlikni yana-da rivojlantirish, o'qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo'yicha qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Xorij tomoniga so'nggi yillarda O'zbekistonda barcha jabhalarda, shu jumladan maktabgacha va maktab ta'limi sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Respublikada o'zaro hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin bo'lgan loyihalarni kelajak istiqbollarini muhokama qilish va bu borada mavjud imkoniyatlar bilan tanishish maqsadida "UCSI" xalqaro maktabi rahbariyati yaqin kelajakda mamlakatimizga tashrif buyurish bo'yicha taklifni ijobiy qabul qildi.

Shuningdek, Xalqaro maktabga tashrif davomida O'zbekiston delegatsiyasi a'zolari bu yerda o'quvchilar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

1986 yili tashkil etilgan"UCSI Group" Malayziyaning oliy ta'lim, xalq ta'limi, sog'liqni saqlash, turizm, qurilish sohalarida faoliyat yurituvchi yirik holding hisoblanadi. Holding tarkibida universitet, kollej va xalqaro maktablar hamda Bangladeshda "UCSI" universiteti filiali bor.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish