Logo

O'zbekiston va Polshaning yetakchi tahliliy markazlari ekspertlari hamkorlikning yangi yo'nalishlarini muhokama qildilar

Aprel 19, 2024. 11:16 • 35 soniya

123
O'zbekiston va Polshaning yetakchi tahliliy markazlari ekspertlari hamkorlikning yangi yo'nalishlarini muhokama qildilar

VARSHAVA, 19-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi, "Taraqqiyot strategiyasi" markazi va Polsha Xalqaro munosabatlar markazi ("CSM") vakillari o'rtasida videokonferensiya shaklida uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Veb-uchrashuvda O'zbekiston va Polsha tahliliy markazlari o'rtasida hamkorlik o'rnatish masalalari hamda "CSM" vakillarining shu yil 22-27-aprel kunlari O'zbekistonga rejalashtirilgan safari dasturi xususida fikr almashildi.

"CSM" direktori, Varshava universiteti professori Malgojata Bonikovska O'zbekistonda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlarni e'tirof etdi va tashrif dasturidan o'rin olgan tadbirlarning yuqori darajada o'tishiga ishonch bildirdi.

"Ushbu safar O'zbekistonda so'nggi yillarda amalga oshirayotgan o'zgarishlar bilan bevosita tanishish, ekspert doira vakillari bilan fikr almashishga yordam beradi", dedi u.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish