Ganja davlat drama teatrida o'zbek va ozar yoshlari o'rtasidagi sevgi qissasiga bag'ishlangan "Dunyo sevishganlarniki" nomli spektakl sahnalashtirildi
May 16, 2025. 17:02 • 59 soniya
• 57
GANJA, 16-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston va Ozarbayjon o'rtasidagi diplomatik munosabatlar o'rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan Ganja davlat drama teatrida ozarbayjonlik dramaturg va yozuvchi Amir Paxlavon qalamiga mansub "Dunyo sevishganlarniki" asari asosida sahnalashtirilgan spektaklning namoyishi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ushbu asar real voqealarga asoslangan. U ozar yigiti va o'zbek qizining sevgi qissasiga bag'ishlangan. Spektaklda, shuningdek, ikki qardosh xalq milliy an'analaridagi yaqinlik va o'xshashliklar namoyish etilgan.
Spektakl namoyishi O'zbekistonning Ozarbayjondagi faxriy konsulligi tomonidan Ganja shahar ijroiya hokimligi ko'magida tashkil etildi.
Tadbirda Ganja shahri ijroiya hokimiyati rahbari Niyazi Bayramov, Ozarbayjon parlamentining madaniyat qo'mitasi raisi o'rinbosari, deputat Gyunay Efendiyeva, O'zbekiston elchisi Bahrom Ashrafxonov, O'zbekistonning Ozarbayjondagi faxriy konsuli Kyanan Jalilov, shuningdek, ziyolilar, ilm-fan va madaniyat namoyondalari ishtirok etdi.
Deputat Gyunay Efendiyeva, elchi Baxrom Ashrafxanov va faxriy konsul Kyanan Jalilov o'z chiqshlarida, o'zbek va ozarbayjon xalqlari o'rtasidagi tarixiy rishtalar va madaniy aloqalarning bugungi holati haqida so'z yuritdilar. Sahnalashtirilgan spektakl nafaqat teatr asari, balki xalqlarimiz o'rtasida chuqur ildiz otgan do'stlik va qardoshlik munosabatlari bayrami ekanligi hamda bu kabi tashabbuslar qo'llab-quvvatlanishi ta'kidlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Oltoy o‘lkasi uzoq muddatli sheriklikni kengaytirishga intilmoqda
O‘zbekiston va Turkiya transport sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tariladi