"El-yurt umidi" jamg'armasi ijrochi direktori AQShda tahsil olayotgan stipendiatlar bilan uchrashdi
Iyun 18, 2025. 10:12 • 35 soniya
• 129
NYU-YORK, 18-iyun. /"Dunyo" AA/. "El-yurt umidi" jamg'armasi ijrochi direktori Gulnoza Ismoilova AQShga amaliy safari davomida ushbu mamlakat oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan jamg'arma stipendiatlari bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo"AA muxbiri.

O'zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasida kechgan muloqot avvalida jamg'armaning joriy faoliyat yo'nalishlari, uning kelgusidagi rivojlanish istiqbollari va xorijda malakali milliy kadrlarni tayyorlash bo'yicha belgilangan vazifalar haqida so'zlab berildi.
Jamg'armaning O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlashning barqaror tizimini shakllantirish kontekstidagi ustuvor yo'nalishlariga alohida e'tibor qaratildi.
Stipendiatlar o'z chiqishlarida, jamg'armaning yangi avlod talabalarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha dasturlarini amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi