Kristi Noem: Umumiy xavfsizlikni mustahkamlash va qonun ustuvorligini ta'minlash yo'lida O'zbekiston bilan hamkorlikni davom ettirishga umid qilamiz
May 01, 2025. 18:49 • 35 soniya
• 71
VASHINGTON, 2-may. /"Dunyo" AA/. AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi (DHS) o'zining rasmiy portalida 1 mayga o'tar kechasi O'zbekiston, Qozog'iston va Qirg'iziston fuqarolarining o'z mamlakatlariga qaytarilgani haqidagi xabarni e'lon qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Ushbu operatsiya mamlakatlarimiz o'rtasidagi xavfsizlik sohasidagi chuqur hamkorlikni ta'kidlaydi va bu AQShning boshqa ittifoqchilari uchun namunadir", – deb yozgan manba.
"Biz Prezident Shavkat Mirziyoyevga uning yetakchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar uchun minnatdorlik bildiramiz va umumiy xavfsizligimizni mustahkamlash hamda qonun ustuvorligini ta'minlash yo'lida O'zbekiston bilan hamkorlikni davom ettirishga umid qilamiz", – deya AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem so'zlaridan iqtibos keltirilgan materialda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Oltoy o‘lkasi uzoq muddatli sheriklikni kengaytirishga intilmoqda
O‘zbekiston va Turkiya transport sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tariladi